Frazeologik sinonimiya bo’yicha ko’plab tadqiqotchilar ish olib brogan. Bu hodisa turli tillar, jumladan, rus, nemis, ingliz, o’zbek, ozarbayjon, turk, boshqird va boshqa tillar materiallari asosida ham o’rganilgin. Frazeologik sinonimiya masalasining tilshunoslikda o’rganilish tarixi Sh.Rahmatullayevning “O’zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” nomli monografiyasida ham qisman o’z aksini topgan. Olim shuni alohida ta’kidlaydiki, “frazeologik sinonimiya uchun umumiy va eng muhim mezon – bu semantik mezondir. Har bir sinonimik uyadagi (sinonimik qatordagi) frazeologik birliklar obyektiv borliqdagi bir xil tushunchalarni anglatishi kerak va shu bilan birgalikda, bir xil ma’noni anglatishi shart”. Chunki, har bir frazeologik sinonimlarning asosida turli obrazlar yotadi.